2020 yil 24 iyul soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 179 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 10 203 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 872 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






