O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi etakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
Suhbat chog`ida mamlakatlarimiz strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan parlamentlararo aloqalar va almashinuvlar ancha faollashgani qayd etildi.






