Bugungi kunda mamlakatimizda 1000 ortiq advokatlik tuzilmasi tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko`rsatilmoqda.
Advokatlik tuzilmalarida 3,5 mingdan ziyod advokat faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariat, advokatura va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari boshqarmasi bo`limi boshlig`i Aziz Sharofuddinov ma`lumot berdi.
2015 yilning birinchi yarim yilligi davomida fuqarolarga 47 mingga yaqin og`zaki huquqiy maslahat berildi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko`rsatish bilan bog`liq 80 mingdan ziyod bitim tuzilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlariga 429 mingdan ortiq turli huquqiy hujjatlarni tuzishda ko`maklashildi.





