Joriy yilning 30 iyul kuni Qirg`izistonda koronavirusdan vafot etganlarni xotirlash maqsadida motam kuni deb e`lon qilindi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Birinchi radio”ga bergan intervyusida ma`lum qildi.
“Vaqtidan avval gapirishni istamagandim, ammo shu mavzuga to`xtalgan ekanmiz, ma`lumot berish kerak deb hisoblayman. 31 iyul kuni biz Qurbon hayitni nishonlaymiz. 30 iyul esa butun mamlakat bo`ylab motam kuni deb e`lon qilinadi. Tegishli farmon qabul qilinadi”, deydi Prezident.






