1

O`zbekistonda Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkaziladi

Madaniyat 25.07.2020, 23:24
O`zbekistonda Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkaziladi

Mamlakatimizda "Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o`rganish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati qabul qilindi.

Hujjatga ko`ra, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o`tkazish doirasida "Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o`rni" mavzusida tarixiy hujjatli film suratga olinadi. 

Shuningdek, "Jaloliddin Manguberdi izidan" nomli ilmiy, ma`naviy-ma`rifiy ekspedisiya tashkil etish, tarixiy siymo harbiy mahoratiga oid badiiy, ilmiy, publisistik sahna asarlari va qo`shiqlar yaratish, "Kim yurtiga qalqon bo`lsa, mendirman o`sha!" shiori ostida ijodiy ishlar ko`rik-tanlovlari tashkil etish tegishli vazirlik va idora mas`ullariga yuklatildi.

Xalqaro ilmi-amaliy konferensiya 2021 yilning noyabr oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1