AsosiyDunyo

Ukraina terma jamoasining 48 yoshli shifokori koronavirusdan vafot etdi

'Ukraina terma jamoasining 48 yoshli shifokori koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Ukraina futbol assosiasiyasi rasmiy saytining xabar berishicha,  bugun 26 iyulda futbol bo`yicha mamlakat terma jamoasi shifokori Anton Xudaev COVID-19 oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda assosiasiya saytiga tayanib S.ua\ru  xabar berdi.

Shifokor Xudaev 48 yoshda bo`lib, so`nggi kunlarda shifoxonada sun`iy nafas olish apparatiga ulangan bo`lib, koronavirusning engil alomatidan davolanayotgandi.

Xudaev faoliyati mobaynida 20 yildan ortiq vaqt Xarkovning “Metallist” jamoasida shifokor bo`lib faoliyat olib borgan. 2016 yildan buyon Ukraina terma jamoasi a`zolarining salomatligini nazorat etib kelayotgandi.
 

    Boshqa yangiliklar