Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so`ng yana ekranga qaytmoqda

Madaniyat 26.07.2020, 20:20
Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so`ng yana ekranga qaytmoqda

Qayd etilishicha, aktrisa «Yovvoyi narsalar» deb nomlangan komik teleserialda suratga tushgan.

Ushbu serialda, shuningdek, Selim Bayraktar, Xazal Turesan hamda Aytacha Ushun kabi aktyorlar ham rol ijro etgan, deb yozdi internet manbalarga tayanib Daryo.

Serialning har bir qismi 20 daqiqalik bo`ladi. U turk telekanallaridan birida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Nurgul serial barcha yoshdagi tomoshabinlarga manzur bo`lishiga ishonishini bildirgan.

Nurgul Yashilchoy teatr va kino aktrisasi bo`lib, u o`zbek tomoshabinlariga «Ishkomli uy», «Ko`sem», «Parchalangan yuraklar» kabi teleseriallar bilan yaxshi tanish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1