1

Koronavirusni bir soniyada aniqlaydigan asbob yaratildi

Dunyo 26.07.2020, 20:32
Koronavirusni bir soniyada aniqlaydigan asbob yaratildi

AQShning Kolumbiya okrugidagi Jorj Vashington universiteti olimlari bemorda koronavirus yoki antitanacha izlari borligini shu zahotiyoq aniqlab beradigan mitti asbob yaratdi, deb xabar berdi Yandeks.

Moni Zagloul rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi ushbu ixtiroga turli ko`rinishdagi gazlarga ta`sirlanadigan qurilmani asos qilib olishdi. U juda ingichka sim tolalaridan iborat bo`lib, usti oltin bilan qoplangan.

Universitetdagilarning ta`kidlashicha, olimlar pandemiya boshlangandan keyin mazkur ixtironi boshqa maqsadlarda ham qo`llasa bo`lishini tushunib etishgan. Ular 50 ming dollarlik grant olib, koronavirus borligini aniqlaydigan variantini ishlab chiqishga kirishishdi.

Asbob yuzasiga infeksiya sezuvchi reagent surtiladi. Virus borligini bilgandan keyin u indikator rangini o`zgartira boshlaydi. Uni telefon kamerasi yordamida ham rasshifrovka qilish mumkin.

Tadqiqotchilarning umid bildirishicha, kelgusida ularning ixtirosi COVID-19 bilan kasallanganlarning ma`lumotlar bazasini yaratish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1