1

Eron koronavirusga qarshi yaratgan dorisini avgustda sotuvga chiqaradi

Dunyo 27.07.2020, 15:51
Eron koronavirusga qarshi yaratgan dorisini avgustda sotuvga chiqaradi

Koronavirusga qarshi Eronda tayyorlangan yangi dori mamlakatdagi bemorlar uchun uch hafta ichida sotuvga chiqariladi, deya xabar berdi ISNA.

Eron fan va texnologiyalar vise-prezidenti Sorena Sattari bu dori haqida 26 iyul yakshanba kuni e`lon qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, bir qancha dori ishlab chiqaruvchi firmalar mamlakatda koronavirusning tarqalishini to`xtatish uchun maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, Hamadon viloyatidagi ilm-fan bog`idagi Eron kompaniyalari koronavirus pandemiyasi bilan kurashda, xususan mamlakatning tibbiy jihozlarga bo`lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol o`ynamoqda.

Eronda koronavirus ilk bor mart oyida Shialar uchun muqaddas bo`lgan Qom shahrida aniqlangandi. Eron bahorning dastlabki oylarida Italiya, Ispaniya va Xitoy kabilar qatorida dunyoda koronavirus eng avj olgan mamlakatlardan biri edi. Rasmiy statistikada aytilishicha, hozirgacha bu mamlakatda 291 172 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va ularning 15 mingdan ortig`i vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1