Ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Sanitariya - epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
"Albatta, yuqishi mumkin. Mobil telefon boshqa buyumlar kabi kasallik qo`zg`atuvchisi, shu jumladan koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo`lishi mumkin.
Mobil telefonidan qo`chada, transportda, jamoat joylarida keng foydalaniladi, eshik va zinopoya tutqichlari, magazinlarda aravachalar va boshqa joylarga qo`l bilan tekkandan so`ng tez ifloslanganligi uchun telefonni tez-tez va doimiy ravishda antiseptik yordamida zararsizlantirish kerak. Agar telefon g`ilofda bo`lsa, albatta g`ilof echilib tozalanishi kerak."






