1

Xitoylik shifokor Xitoy rasmiylari koronavirus dalillarini yashirgani va yo`qotilganiligini ma`lum qildi

Dunyo 27.07.2020, 20:08
Xitoylik shifokor Xitoy rasmiylari koronavirus dalillarini yashirgani va yo`qotilganiligini ma`lum qildi

Xitoyda koronavirusning ilk holatini o`rgangan va bemorlarga tashhis qo`ygan shifokorning bildirishicha, mulozimlar ilk virus tarqalishiga oid haqiqatni yashirgan bo`lishi mumkin.

 Professor Kvok-Yung Yuenning ta`kidlashicha, mahalliy amaldorlar ilk pallalardagi haqiqiy ahvolni xaspo`shlagan. Uxandagi ahvolni tekshirishda qatnashgan shifokorning bilidirishcha, bu boradagi dalillar yo`q qilingan va yuzaga kelgan holatga qarshi javob choralari juda sekin kechgan.

 "Biz Uxan bozoriga borganimizda, u erda hech narsa ko`zga tashlanmasdi. Chunki bozor allaqachon tozalab qo`yilgandi. Aytish mumkinki, jinoyat joyiga daxl qilingan va supermarket tozalangan edi. Shu bois biz virus odamlarga qaerdan yuqqanini bilolmadik " - degan u.

Uning ma`lum qilishicha, Uxanda mahalliy amaldorlar haqiqatni yashirishga harakatlar qilgan.

 Xususan, 2019 yilning dekabr oyida yangi virus haqida o`z hamkasblarini ogohlantirishga intilgan xitoylik shifokor jazolangan va polisiya unga jim yurishni aytgan. Doktor Li shundan keyin koronavirusni yuqtirgan va olamdan o`tgandi.

Biroq Xitoy rasmiylari koronavirus tarqalgan kezda virusning xavfliligi haqidagi ma`lumotlarni yashirmaganini aytgan va barcha ayblovlarni rad etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1