Shahrixonda tashkil etilgan o`tirish bir inson hayotiga zomin bo`ldi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati
2020 yil 5 iyul kuni soat 14:00 da 47 yoshli Sh.G`. tanishi D.A. ning Shahrixon tumani Abdubiy ko`chasida joylashgan yashash xonadonida bir necha nafar sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tiradi.
Sh.G`. mast holda 50 yoshli A.S. bilan o`zaro gap tortishib janjallashib qoladi. G`azabga mingan Sh.G`. o`tirgan holatda bo`lgan A.S. ni oyog`i bilan bo`yin sohasiga bir marotaba tepgan vaqtida A.S. xushidan ketib hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.