1

"Coca-Cola" ayrim brendlaridan voz kechadi

Dunyo 28.07.2020, 12:01
"Coca-Cola" ayrim  brendlaridan  voz  kechadi

"Coca-Cola" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Kuinci foydasi kutilgan natijalarni bermayotgan brendlardan voz kechib, e`tiborni muvaffaqiyatli kompaniyalarga qaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Financial Times. Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" tomonidan amalga  oshirilayotgan  ishlar to`g`risida axborot berib  boradigan kanal yozmoqda. 

Qayd  etilishicha,  kompaniyaga  tegishli 400 ta brendning yarmidan ko`pi bitta bozor bilan cheklangan va ular o`rtacha ko`rsatkichdan sekin o`smoqda.  Endilikda, kompaniya songa emas sifatga ko`proq e`tibor bergan holda yirikroq brendlarga ustunlik beradi.

"Bu bizga Minute Maid va Simply kabi brendlarga sarmoyalarni qo`llab-quvvatlash va Topo Chico kabi yangi brendlarga poydoveor yaratishga imkoniyat beradi",  degan Kuinsi.

Avvalroq,  "Coca-Cola" sharbat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Odwalla” kompaniyasi yopilishini e`lon qilgandi. "The Wall Street Journal" nashriga ko`ra, ushbu brenddagi mahsulotlar realizasiyasi  iyul oxirida to`xtatiladi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1