1

Qozog`istonda yana karantin cheklovlarini yumshatilishi mumkin

Dunyo 28.07.2020, 12:47
Qozog`istonda yana karantin cheklovlarini yumshatilishi mumkin

Qozog`istonda o`rnatilgan qat`iy karantin sanitar-dezinfeksiya tartibi, niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash sharti bilan 3 avgustdan yumshatilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vaziri Aleksey Soy xabar berdi.

Vazirlik qaysi cheklovlar bekor qilinishi va qaysilari saqlab qolishi yuzasidan ham ma`lumot berdi.

Xususan, 3 avgustdan savdo-ko`ngilochar markazlari, savdo uylari, savdo tarmoqlari, usti yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari kun va vaqti chegaralangan holda, turli bolalar to`garaklari, bog`chalar, go`zallik salonlari, 30 kishidan ko`p bo`lmagan hollarda milliy terma jamoa mashg`ulotlariga, 3 kishidan ko`p bo`lmagan holda sayr qilishga, jamoat transportining ma`lum miqdordagi odamlar bilan harakatlanishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, davlat idoralari va ofis ishchilarining 80 foizi masofaviy ish rejimida qoladigan bo`ldi.

Ommaviy tadbirlar o`tkazish, ko`ngilochar muassasalar faoliyati, kinoteatr, fudkortlar, restoan va barlar, muzey, ko`rgazma va forum o`tkazish, sport zallari, akvaparklar, diniy muassasalar faoliyatiga taqiq saqlanib qoladi.

Ma`lumot uchun, Qozog`istonda epidemiya boshlangandan beri 84 648 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 585 nafari vafot etgan va 54 404 nafari sog`aygan.

Qozog`istonda bundan avval ham karantin cheklovlari yumshatilib, bog`chalar, masjidlar ochilgandi. Ammo koronavirus tarqalishi avj olganidan keyin hukumat 5 iyulda qat`iy karantin rejimini qaytargandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1