AsosiyJamiyat

Poytaxtlik 48 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

'Poytaxtlik 48 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 48 yoshli X.M.  (erkak) 13 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasining reanimasiya bo`limiga og`ir ahvolda yotqizilgan.  

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.  

Bemorda kasallik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas etishmovchiligining 3-darajasi, terminal o`pka shishi, poliorgan etishmovchilik asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziyaning 2-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham kuzatilgan.  

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli stabil og`ir bo`lib, mutaxassislar tomonidan o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligi, o`pka shishi, poliorgan etishmovchilikdan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar