IIV huzuridagi Tergov departamenti fermer xo`jaligi rahbari tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi haqida xabar berdi.
Aniqlanishicha, Bandixon tumanida yashovchi 49 yoshli B.E. “Baxt Diyorbek shans” fermer xo`jaligi rahbari lavozimida ishlagan vaqtida 51 yoshli O`.Q. bilan jinoiy til biriktiradi. U ushbu fermer xo`jaligiga qarashli 138-dala konturidan 3 nafar fuqarolarga, jami 69 sotix er maydonini ajratib berishni, ulardan 1.500 AQSh dollari va 71.000.000 so`m pullarni olib, er tuzish va ko`chmas mulk kadastri Bandixon tuman bo`limidagi tanishi 35 yoshli I.N. orqali tomorqa sifatida rasmiylashtirib berishni va`da qilib, olgan pullardan 600.000 so`mini kadastr hujjatlarini tayyorlab berish uchun I.N. ga berib, tomorqalarni rasmiylashtirib bermasdan, qolgan pullarni o`zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.E., O`.Q. va I.N. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda Bandixon tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






