IIV YHXBB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Chinozda nihoyatda ayanchli avariya bo`libdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum bshlishicha, kecha, 29 iyul kuni soat 09:20 larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Chinmasjid MFY hududidan o`tgan M 39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 866-kilometrida haydovchi 1989 yilda tug`ilgan Sh.R. “Lacetti” rusumli transport vositasida “Toshkent-Termiz” yo`nalishida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida qarama-qarshi bo`lakka o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1977 yilda tug`ilgan G`.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Lacetti” rusumli transport vositasi yo`lovchisi 1981 yilda tug`ilgan O.R. og`ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina haydovchisi 31 yoshli Sh.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan yo`llarda harakatlanganda belgilangan qoidalar, yo`l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.






