AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni buxorolik 68 yoshli ayol bo`ldi

'O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni buxorolik 68 yoshli ayol bo`ldi'ning rasmi

SSV O`zbekistonda koronavirusning navbatdagi qurboni haqida xabar qildi. 

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol)da joriy yil 11 iyul kunidan tana harorati ko`tarilgan va uy sharoitida davolangan. 17 iyul kuni esa og`ir ahvolda shifoxonaga olib kelinib, reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.  

Xastalik o`tkir nafas etishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.  

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar