AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 8 hududidan yana 287 kishida koronavirus aniqlandi

'O`zbekistonning 8 hududidan yana 287 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 30 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 116 nafari Toshkent viloyatida, 43 nafari Samarqand viloyatida, 23 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, yana 11 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar