AsosiyJamiyat

Bugun — Qirg`izistonda motam kuni

'Bugun — Qirg`izistonda motam kuni'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan 30 iyul mamlakatda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni, deb e`lon qilindi.

“Vafot etganlar uchun chuqur qayg`u va ularning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirilib, 2020 yil 30 iyul koronavirus pandemiyasi qurboniga aylangan fuqarolar xotirasi uchun Qirg`iziston Respublikasida milliy motam kuni, deb e`lon qilishga qaror qilindi”, - deyiladi prezident farmonida, deya xabar qilmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Ma`lumot uchun: Bugungi kunga qadar Qirg`izistonda 34592 kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan, shundan 22296 nafari sog`aygan va 1347 ta o`lim holati qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar