Dehqonobodda 1750 ta ehtiyojmand oilaning har biriga 1 million so`mdan moddiy yordam puli tarqatiladi. Bu haqda hokimlik Matubot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lumot uchun, tumanda 1750 ta oila ehtiyojmand oila sifatida ro`yxatga olingan. Mazkur oilalarga 1 milliard 750 million so`m beriladi.
Sal avval, hokimlik rasmiy kanalida Qurbon hayiti munosabati bilan har bir oilaga 1 million so`mdan tarqatib chiqilishiga qanday qaraysiz savoli ostida so`rovnoma e`lon qilingan edi. Ayni paytga qadar ushbu so`rovnamada ishtiok etganlarning 81 foizi mazkur tashabbusni qo`llab-quvvatlagan.






