AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari agentligiga direktor tayinlandi

'Davlat xizmatlari agentligiga direktor tayinlandi'ning rasmi

Ulug`bek Islomovich Muhammadiev  Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi. 

U. Muhammadiev 1977  yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy,  1999 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003 yilda O`zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.  

U o`z mehnat faoliyatini 2001 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.  

U. Muhammadiev shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Oilali. 3  nafar farzandi bor.

 

    Boshqa yangiliklar