AsosiyJamiyat

Hukumat farmoyishi: ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so`m moddiy yordam tarqatiladi

'Hukumat farmoyishi: ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so`m moddiy yordam tarqatiladi'ning rasmi

Hukumatning 2020 yil 29 iyuldagi tegishli farmoyishiga asosan, "Saxovat va ko`mak" fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi.

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi mablag`lari hisobidan jami 150 mlrd so`m ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablag` hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi - 10 mlrd;

Andijon viloyati - 10 mlrd;

Buxoro viloyati - 10 mlrd;

Jizzax viloyati - 5 mlrd;

Qashqadaryo viloyati - 20 mlrd;

Navoiy viloyati - 5 mlrd;

Namangan viloyati - 10 mlrd;

Samarqand viloyati - 10 mlrd;

Surxondaryo viloyati - 10 mlrd;

Sirdaryo viloyati - 5 mlrd;

Toshkent viloyati - 10 mlrd;

Farg`ona viloyati - 10 mlrd;

Xorazm viloyati - 10 mlrd;

Toshkent shahri - 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag`larni aholiga tarqatilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar