AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda oshqovoq Rossiyaga eksport qilinmoqda

'Qashqadaryoda oshqovoq Rossiyaga eksport qilinmoqda'ning rasmi

Ayni kunda ham Qashqadaryoda mahsulotlar eksporti avjida. Shu kungacha tarvuz, qovun, pomidor, lavlagi, shaftoli kabi yigirma turdan ziyod mahsulotlar eksportga chiqarilayotgan bo`lsa, kuni kecha oshqovoq eksporti ham boshlab yuborildi.

Qarshi tumanidagi tomorqa egalari tomonidan etishtirilgan dastlabki partiyadagi 19 tonna oshqovoqlar “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlarining sayi harakati bilan qisqa muddatda Rossiya Federasiyasiga eksportga jo`natildi.  

- 5 gektar erga chetdan keltirilgan oshqovoq urug`ini ekkan edik, deydi tomorqa egalaridan biri M.Ikromov. - 300 tonna hosil olishni mo`ljallayapmiz. Pishib tayyor bo`lgan mahsulotlar peshma-pesh xalqimiz dasturxoniga va eksportga jo`natilmoqda. Kelgusidagi maqsadimiz - ekin maydoni va mahsulot turini ko`paytirish.  

Viloyat bojxona boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirilgan hududlarda bo`lib, fermer va tomorqa egalariga yurtimizda tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilganligi, shuningdek, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda bojxonada yaratilgan qulayliklar to`g`risida tushuntirishlar berilmoqda.

Bu imkoniyatlardan o`z vaqtida va samarali foydalanish pandemiya davrida davlatimiz iqtisodiyotini barqarorligini, aholini ish bilan bandligi va zarur oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirishni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar