AsosiyJamiyat

“Bemorlar soni oshib ketaversa, kasallarni davolash uchun joy etadimi, shifokorlar-chi?”

'“Bemorlar soni oshib ketaversa, kasallarni davolash uchun joy etadimi, shifokorlar-chi?”'ning rasmi

Aholidan kelib tushgan ushbu savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Respublika Maxsus komissiyasi a`zosi Feruza Hamroboeva tomonidan quyidagicha javob qaytarildi:

- Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hokimliklarga hududlarda  koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarni  tashkil etish, intensiv va reanimasiya o`rinlarini ko`paytirish, ularni zarur tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan ta`minlash  va Toshkent shahridagi tajriba asosida COVID-19 hamda pnevmoniya bilan kasallanganlarga dastlabki malakali tibbiy yordam ko`rsatadigan «maxsus poliklinikalar» tashkil etish  masalalari echimi yuklatildi.

25 iyul kuni 6035-son Prezident farmoni imzolandi, unga ko`ra,  etishmayotgan mutaxassislarni tibbiyot ta`lim muassasalari bitiruvchilari, nafaqadagi shifokorlar, hamda boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo`lgan shaxslar hisobidan to`ldirilishi nazarda tutilgan.

Undan tashqari, boshka tibbiy oliy ta`lim muassasalari tarafidan shifokorlarni zarur bo`lgan mutaxassisliklar, jumladan, anesteziolog-reanimatologlar, o`pka va yurak qon-tomir  tizimi kasalliklari shifokorlarini  qayta tayyorlash tizimi bo`yicha o`qitilishi yo`lga ko`yilganligi ayniqsa muhim.

 

    Boshqa yangiliklar