Bosh vazir o`rinbosari O`ktam Barnoev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Erniyazovning ahvoli og`ir, u sun`iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda AOKA zalida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Anvar Alimovning so`zlariga ko`ra, Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesi raisi, senator Musa Erniyazovning ahvoli og`ir deb baholanmoqda: «U respirator muolajalar olmoqda, o`pkani sun`iy shamollatish tartibida davolanmoqda. Uni Turkiya yo boshqa biror joyga olib chiqish haqida gap yo`q».
SSV axborot xizmati rahbari Furqat Sanaev:
«Hech bir bemor Turkiyaga ketgani yo`q. Turkiyalik mutaxassislar O`zbekistondagi og`ir ahvoldagi bemorlar bo`yicha onlayn konsultasiya qilish uchun tashrif buyurgan. Ushbu bemorlar qatorida Musa Erniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov holati bo`yicha onlayn konsultasiya bo`ldi, davolash standartlariga tuzatishlar kiritildi».