Xalq deputatlari Shahrisabz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yig`ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev so`zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligini ta`kidladi. Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari, ta`lim tizimi, yo`llar, qishloq xo`jaligi, ishlab chiqarish va eksport masalalariga umuman e`tibor qaratilmagan.
Tumandagi 30 ta maktablarda isitish tizimi yo`q, 6 tasi ta`mirtalab. Maktabgacha ta`limga qamrov 47 foiz. Eng achinarlisi Prezidentimiz qarori bilan bugun viloyatdagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so`mdan naqd pul berilishi boshlangan edi. Ammo, ushbu tumanda 1040 nafar ehtiyojmand oila bo`la turib, bugun ushbu xayrli ish amalga oshirilmadi. Sababi - mas`ullarda xisob-kitob bo`lmagan.
Yuqoridagi bir qator kamchiliklardan kelib chiqib, sessiya ishida tashkiliy masala ko`rildi:
Bugungacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etildi va uning o`rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Hasanov Samad Ahatullaevich saylandi.






