AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qancha tibbiyot xodimi koronavirusga chalingani ochiqlandi

'O`zbekistonda qancha tibbiyot xodimi koronavirusga chalingani ochiqlandi'ning rasmi

O`zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov 30 iyul kuni bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilgan.

Habibulla Oqilovning so`zlariga ko`ra, o`tgan haftadagi ma`lumotlar bo`yicha O`zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan.

Shuningdek, professor Oqilovning ta`kidlashicha, Zangiotada faoliyatini boshlagan ko`p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida havo aylanish tizimi yaxshi yo`lga qo`yilgani sababli bu muassasada birorta ham tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallanmagan. Avvalroq bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev ham shu fikrni aytib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar