AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bugun koronavirus qayd etilganlar soni 193 nafarga oshdi. Shularning 154 nafari Toshkentdan

'O`zbekistonda bugun koronavirus qayd etilganlar soni 193 nafarga oshdi. Shularning 154 nafari Toshkentdan'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi  xabariga ko`ra 2020 yil 30 iyul soat 23:30 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 271 (+193) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 154 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 441 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Sirdaryo viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Surxondaryo viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Farg`ona viloyatida ham 13 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Buxoro viloyatida ham 6 nafar, jami 743 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 13 680 (+743) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 455 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar