Rossiyalik olimlar SARS-CoV-2 virusi xlorlangan va dengiz suvlarida ko`paymaydi, ammo tirik qoladi, degan xulosaga keldi. Bu haqda Rossiyaning «Vektor» virusologiya markazida koronavirusning suvda yashovchanligini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan tadqiqot natijasida ma`lum bo`lgan, deb xabar berdi «Sputnik».
Rospotrebnadzor mutaxassislari koronavirus xlorlangan va dengiz suvlarida hayotiyligini qancha vaqt saqlab turishini aniqladi.
Ma`lum bo`lishicha, COVID-19 virusning 90 foizi 24 soat ichida va barcha patogenlarning 99,9 foizi 72 soat ichida nobud bo`ladi.
Shu bilan birga, virusning o`lish vaqti bevosita suvning haroratiga bog`liq. Agar xona haroratida zarralar 3 kun ichida butunlay yo`q bo`lsa, qaynatilganda esa bir zumda yo`q bo`ladi.






