AsosiyJamiyat

Dorixonadagi narxlar o`rganilishda davom etmoqda

'Dorixonadagi narxlar o`rganilishda davom etmoqda'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan 2020 yilning 29 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida Kovid-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromisin”, “Askorbin kislotasi”, “Gidroksixloroxin”, “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring o`rganish davom etdi. Bu haqda Federasiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko`rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o`rganilganda mazkur dorixonalarda Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Askorbin kislotasi” 700-4000 so`mgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 gacha “Azitromitsin” 6 mingdan so`mdan 34000 ming so`mgacha, sotilayotganligi ma`lum bo`ldi.
Andijon viloyatining dorixonalarida bu ko`rsatkich “Askorbin kislotasi” 200-3500 ming gacha ,“Gidroksixloroxin” mavjud emas , “Paratsetamol” 450-1000 gacha “Azitromitsin” ning narxi 4500 mingdan 36 ming so`mgacha ekanligi aniqlandi.
Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Askorbin kislotasi” 4500-40000gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 gacha “Azitromitsin” dorilari 300 dan 4000 gacha sotuvda.
Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham “Askorbin kislotasi” 1000-2000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas , “Paratsetamol” 500-1000gacha “Azitromitsin” 5000-15000 gacha sotuvda mavjud.
Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra, “Askorbin kislotasi” 500-5000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000 gacha“Azitromitsin” 5000-15000 gacha sotilmoqda.
“Askorbin kislotasi” 700-5000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000 gacha “Azitromitsin”dori vositasi esa 5000-15000 gacha Navoiy viloyatining dorixonalarida sotilmoqda.
Sirdaryo viloyati dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 1000-2000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol”500-1000gacha “Azitromitsin” esa 6000-42900 gacha
Farg`ona viloyatining dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 900-1000 gacha , “Gidroksixloroxin” dori vositasi mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1200 gacha “Azitromitsin” 5 mingdan 15 mingacha,
Xorazm viloyatida esa “Askorbin kislotasi” 500-2000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1000 gacha “Azitromitsin” 4000 dan 19800 gacha.
Toshkent viloyatida “Askorbin kislotasi”800dan 1200 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000 so`mdan “Azitromitsin” 8000 dan so`mdan 17000 so`mgacha,
Toshkent shahrida “Askorbin kislotasi”500-3000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000-1500 gacha “Azitromitsin” 7mingdan 44 mingcha sotilayotganligi aniqlandi.
Namangan viloyatining “Askorbin kislotasi”100-1000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 600-1000 gacha “Azitromitsin” 4000- 12000 gacha. dorixonada “Plakvenil” dorisi 234 ming so`mdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.
Federasiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sovid 19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi doimiy o`rganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar