Bugun AOKA huzuridagi shtabda “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi Dilshod Usmonov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda “Saxovat va ko`mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumotlar taqdim etildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko`mak” jamg`armasiga homiylar, xayriya tashkilotlar, ko`ngilli va saxovatpesha fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar jami 240 milliard 709 million so`m kelib tushdi.
390 ming 822 nafar oilaga tasdiqlangan ro`yxat asosida 164 milliard 824 million so`m yordam mablag`i yo`naltirildi.
Jumladan:
🔹 282 943 ta oilaga 54 mlrd. 050 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari to`plami va zarur iste`mol tovarlari;
🔹 4 199 ta oilaga 8 mlrd. 495 mln. so`mlik dori-darmon, himoya niqoblari va antiseptik vositalari;
🔹27 196 ta oilaga 24 mlrd. 832 mln. so`mlik boshqa turdagi mahsulotlar;
🔹 76 484 ta oilaga 77 mlrd. 627 mln. so`mlik naqd pul ko`rinishidagi mablag`lar berildi.
Shu bilan birga Respublikamizda karantin qoidalari qayta kuchaytirilganligi munosabati bilan hamda Respublika maxsus komissiyasi raisining topshiriqlarini (10 iyul 35-bayon) bajarish maqsadida, “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi hisobidan joriy yilning 13 iyuldan bugungi kuniga qadar qo`shimcha ravishda 46 ming 351 ta oilaga 25 mlrd. 612 mln. so`m xayriya mablag`lari ajratildi.
🔹39 191 ta oilani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash uchun 7 mlrd. 595 mln. so`m;
🔹1 345 ta oilaga dori-darmon va sanitariya-gigiena mahsulotlarini etkazib berish uchun 7 mlrd. 644 mln. so`m;
🔹 2 669 ta oilaning boshqa muammolarini hal etish uchun
8 mlrd. 301 mln. so`m;
🔹 3 146 ta oilaga moddiy yordam berish uchun 1 mlrd. 620 mln. so`m yo`naltirildi.
Prezident Sh. Mirziyoevning 2020 yil 30 iyul kuni imzolangan Farmoniga muvofiq moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning ro`yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun “Saxovat va ko`mak” jamg`armasiga 200 milliard so`m ajratildi.
️“Mahalla” xayriya jamoat fondi Moliya vazirligi, hokimliklar, tijorat banklari, sektor rahbarlari va mahallalar bilan birgalikda ishlab, karantin davrida o`z daromadini yo`qotgan, ko`p bolali, yakka yolg`iz va nogironlar, vaqtincha ishsiz bo`lgan fuqarolarga, ya`ni respublika bo`yicha manzilli etkaziladi.






