AsosiyJamiyat

Turkiya Sardoba toshqinida jabr ko`rganlar uchun insonparvarlik yordami yubordi

'Turkiya Sardoba toshqinida jabr ko`rganlar uchun insonparvarlik yordami yubordi'ning rasmi

Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi Sirdaryo viloyatidagi Sardoba falokatidan jabrlanganlarga qariyb 14 tonna og`irlikda insonparvarlik yordami etkazib berdi. Bu haqda daryo yozmoqda.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan etkazib berilgan gumanitar yordam ta`minotini olib boruvchi yuk mashinalari avtokarvoni 30 iyul, payshanba kuni O`zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga mutasaddilariga topshirildi.

 

Shu munosabat bilan, Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er o`z bayonotida 2020 yil 1 may kuni sodir bo`lgan talafotdan so`ng, Turkiyaning barcha tegishli tashkilotlari hamda O`zbekiston hukumati o`rtasida yaqin hamkorlik o`rnatilib, falokat natijasida ko`rilgan talafotlarni bartaraf etish uchun samarali qadamlar tashlanganini qayd etdi.

 

"COVID-19 pandemiyasi dunyo miqyosida qiyinchiliklar yaratayotgan bir mahalda, ushbu balo natijasida yuzaga kelgan talafotlarini sanab o`tgan Mehmet Sureyya Er O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va davlatning barcha tegishli tashkilotlari mamlakat aholisining ehtiyojlarini qisqa vaqt ichida qondirish uchun tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirganini ham alohida ta`kidlab o`tdi" deb yoziladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar