Yana 5 hududda 215 kishida koronavirus aniqlandi, jami bemorlar — 23 773 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanishlar:
- 151 nafari — Toshkent shahrida,
- 35 nafari — Buxoro viloyatida,
- 19 nafari — Andijon viloyatida,
- 6 nafari — Toshkent viloyatida,
- 4 nafari — Qoraqalpog`iston Respublikasida bemor bilan muloqot orqali yuqtirgan.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Farg`ona viloyatida ham 4 nafar, jami 524 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 14 204 (+524) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






