AsosiyJamiyat

Zangiotadagi “Nazarbek” sanatoriyasi koronavirusga chalinganlarni davolash kompleksiga aylantirildi

'Zangiotadagi “Nazarbek” sanatoriyasi koronavirusga chalinganlarni davolash kompleksiga aylantirildi'ning rasmi

Zangiota tumanidagi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tasarrufidagi “Nazarbek” sanatoriyasi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash kompleksiga aylantirildi.

Bugun, 31 iyul kuni mazkur davolash kompleksining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni general-mayor Rustam Jo`raev, Toshkent viloyati hokimi Rustam Holmatov, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tibbiyot xizmati boshlig`i va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Kompleksda jami 350 ta shifo-o`rinlar mavjud bo`lib, shundan 8 tasi – o`ta og`ir bemorlar, 72 tasi –og`ir bemorlar va 270 tasi engil va o`rta darajali bemorlarga mo`ljallangan.

Bemorlarni davolashga 90 nafar tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Bularning 24 nafari vrachlar, 42 nafari hamshira, 13 nafari kichik tibbiyot xodimlari va 11 nafari xo`jalik xodimlaridan iborat.

    Boshqa yangiliklar