AsosiyJamiyat

144 nafar O`zbekiston fuqarosi ishlash uchun Rossiyaga charter reys orqali uchib ketdi

'144 nafar O`zbekiston fuqarosi ishlash uchun Rossiyaga charter reys orqali uchib ketdi'ning rasmi

Rossiyalik ish beruvchilar va mas`ul tashkilotlar bilan kelishgan holda bugun 144 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi. Bu haqda Tashi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

"Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarining mavjud ish o`rinlarini saqlab qolish, vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni ular bo`lib turgan mamlakatlarning pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko`rgan boshqa soha va hududlariga ishga jalb qilish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bo`yicha qator amaliy choralar ko`rilayotgan edi", - deyiladi xabarda. 

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan so`ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob`ektlarida ish boshlaydi. 

Ma`lumot uchun, iyun oyida 33 nafar yurtdoshlarimiz yirik qurilish ob`ektlarida ishlash uchun Qozog`iston Respublikasining Sharqiy Qozog`iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo`nab ketgan edi.

    Boshqa yangiliklar