Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida yashagan 73 yoshli M.E. (erkak)da joriy yil 24 iyun kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasi o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindrom, o`tkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, o`tkir jigar va buyrak etishmovchiliklari, bosh miya shishi, insult kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og`rigan.
Bemor bir necha yildan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
SSVning xabar berishicha, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og`irlashib, kecha o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.






