AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi

'Koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 67 yoshli M.T. (ayol) da 12 iyul kunidan tana harorati ko`tarilgan, uy sharoitida davo muolajalarini olgan.

20 iyul kuni esa nafas etishmovchiligi belgilari kuchayib, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Xastalik o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.  

Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limining xabar berishicha, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, semizlikning  3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo`lgan.Bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar