Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 1 million so`mlik yordam puli ortidan kelib chiqqan janjallar aks etgan videolar tarqaldi. Ayni paytda Toshkent shaxar xokimi matbuot kotibi Furqat Maxmudxodjaevning vaziyat yuzasidan izoh berdi.
"O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 29-iyul kuni chiqargan farmoyishiga asosan, hududlarni kompleks ijtimoiy, iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddat ichida mazkur farmoyishning ilovasiga muvofiq ajratilgan mablag`lar hisobidan O`zbekiston sahovat va ko`mak fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordamni tarqatish vazifasi yuklatilgan edi.Ushbu vazifaga asosan Toshkent shahriga 25 mlrd so`m mablag` ajratilgan. Ushbu ajratilgan mablag` 30 va 31-iyul kunlari moddiy yordam va ko`makka muhtojlar ro`yxatiga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi.Afsuski, targ`ibot va tashviqot ishlari etarlicha tashkillashtirilmaganligi va OAVda ushbu masala keng yoritilmaganli sababli ba`zi fuqarolar orasida ushbu moddiy yordam o`zini qiynalib qolgan, deb hisoblangan barcha odamlarga tarqatiladi, degan hayollar paydo bo`ldi. Aslida moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning ro`yxatiga kiritilgan – “Temir daftar”ning shaffofligini ta`minlash maqsadida “Sahovat Argos” elektron tizimi shakllantirilgan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga mana shu moddiy ko`mak pullari tarqatilgan edi.Toshkent shahrida“Temir daftar”ga 20 841 ta oilalar kiritilgan. Ushbu ko`rsatkich doimiy yangilanib turiladi va ushbu ro`yxatga kiritilgan oilalarga yuqorida aytilgan yordamlar amalga oshiriladi” deyilada izohda.