Hozirda ayrim saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo`l qo`yilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini to`laqonli ta`minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilandi hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborildi.
Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag`larining to`liq va o`z muddatida manzilli etkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa`tiy choralar ko`rilishi ta`minlanadi. Bu haqda Bosh prokuratura ogohlantirmoqda.
Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so`raldi.
Murojaat uchun telefonlar:
- Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
- Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
- Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
- Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
- Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
- Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
- Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
- Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
- Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
- Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
- Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
- Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
- Farg`ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
- Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007
Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta`minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so`rab qoladi.