Ijtimoiy tarmoqlarda “Xalq uchun ajratilgan bir million so`m puldan mutasaddilar olib qolganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida video tarqalgan.
Samaraqand shahar hokimligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur videodagi holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan o`rganish olib borilgan.
O`rganish jarayonida ma`lum bo`lishicha, Samarqand shahrida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan fuqaro N.T. ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni telegram kanallarida ko`rgan. Shundan so`ng mazkur videoni tarqatib yuborgan.
– Men ushbu videoni telegram kanalidan ko`rdim. Keyin ushbu videoni ijtimioy tarmoqqa tarqatib yubordim. Videodagi holat Samarqand shahrida bo`lmagan ekan. O`zim haqiqatda ham kam ta`minlangan oila ro`yxatiga kiraman. Karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlari berib keldi, deygan fuqaro T.N.
Olib borilgan o`rganish davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videodagi holat Samarqand shahrida sodir bo`lmaganligi aniqlandi.
“Saxovat va ko`mak” umumxalq harakati doirasida hududlardagi kam ta`minlangan oilalar uchun bir million so`mdan yordam pullarini xodimlar ishtirokida to`liq to`lab berildi, deyiladi Axborot xizmati xabarida.






