AsosiyJamiyat

Homiylik xayriya yordami birlamchi kimlarga etkaziladi?

'Homiylik xayriya yordami birlamchi kimlarga etkaziladi?'ning rasmi

Homiylik xayriyalari yordami birlamchi kimlarga etkaziladi? Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Yoshlar ishlari agentligi matbuot kotibi Nodir Abduqodirov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi

Xayriyalar avvalo quyidagilarga beriladi:

📎 ta`minot manbai bo`lmagan yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan, boquvchisidan ajralgan, og`ir kasallari bor, ko`p bolali oilalar;  

📎 ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo`lmagan oilalar;

📎 ota-onasining ikkisini ham yo`qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug`ullanayotgan oilalar;  

📎 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo`lgan oilalar;

📎 14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);

📎 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo`lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko`maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;

📎 mehnatga layoqatli a`zolari bo`lgan, biroq ular hech qaerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo`lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo`qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

    Boshqa yangiliklar