AsosiyJamiyat

Volontyor bo`lishni xohlaganlar qaerga murojaat qiladi?

'Volontyor bo`lishni xohlaganlar qaerga murojaat qiladi?'ning rasmi

Volontyorlar qanday xizmatlar bilan shug`ullanadi? Ular qaerda o`qitiladi? Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi:

📌 14 iyuldan 1 avgustga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga jami 108 755 ta murojaat kelib tushgan;

📌 Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tomonidan 194 214 ta ehtiyojmand oilaga xayriya yordamlari ko`rsatilgan;

📌 hozirda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlaridagi jami 3 060 nafar volontyor yoshlardan 682 nafari “Call-markaz”larda aholi murojaatlarini qabul qilishga hamda 2 378 nafari xonadonlarga mahsulotlar etkazib berishga ko`maklashmoqda;

📌 Bugun 2 avgust soat 14:00 ga qadar mazkur platforma orqali 2750 ga yaqin ko`ngillilar ro`yxatdan o`tdi va malakali mutaxassislar tomonidan ularni o`qitish ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan internet tarmog`ida volontyor.uz platformasi ishga tushirildi. Mazkur platforma orqali respublikamizdagi barcha insonlar ko`ngilli sifatida ro`yxatdan o`tish imkoniyati paydo bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar