AsosiyJamiyat

Bugun avgust oyining birinchi yakshanbasi – Temir yo`l transporti xodimlari kuni

'Bugun avgust oyining birinchi yakshanbasi – Temir yo`l transporti xodimlari kuni'ning rasmi

Yurtimizda avgust oyining birinchi yakshanbasi –Temir yo`l transporti xodimlari kuni. 

2017 yil 2 avgust kuni “O`zbekiston Respublikasi Temir yo`l transporti xodimlari kunini nishonlash to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan.

Farmonga muvofiq 2017 yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanba kuni “O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transporti xodimlari kuni” deb e`lon qilingan.

Mazkur soha vakillarining xizmati bugun har qachongidan ham muhim. Pandemiya davrida davlatlararo yuk tashuvda, kerakli mahsulotlarni o`z vaqtida etkazib berishda ularning mehnati alohida ahamiyatga ega.  

Mahalliy va xorijiy mehmonlarning uzog`ini yaqin qilish, yurtimiz madaniyati va mehmondo`stligini namoyish etishda peshqadamlik qilayotgan har bir temir yo`l sohasi vakillariga o`z tabrigimizni yo`llaymiz.  

Hurmatli temiryo`lchilar, bayramingiz muborak bo`lsin! Sizlarga olis safarlaringizda doim yo`lingiz bexatar bo`lishini tilab qolamiz. 

    Boshqa yangiliklar