1

Buxoro va Toshkentda 217 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 02.08.2020, 23:54
Buxoro va Toshkentda 217 kishida koronavirus aniqlandi

 2020 yil 2 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 553 (+217) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 142 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizning turli hududlarida jami 1 208 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 507 (+1 208) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 893 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1