Andijon tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`i vafot etdi

Jamiyat 03.08.2020, 06:40
Andijon tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`i vafot etdi

Andijon viloyat sog`liqni saqlash tizimi, shuningdek Andijon tuman sog`liqni saqlash sohasi jonkuyari Patidinov Baxtiyorjon Ibragimovich  vafot etdi. Bu haqda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi ma`lum qildi. 

"Patidinov Baxtiyorjon Ibragimovich fidoyi va zahmatkash raxbar inson edi, o`zining bor kuch-qudratini Andijonda sog`liqni saqlash tizimini taraqqiy etishiga va yuksalishiga sarflagan, o`zining ilmi, salohiyati, keng tafakkuri, sofdil, pok qalbi bilan barcha tibbiyot xodimlarining yuragidan alohida joy egallagan xolda barcha ishlagan joylarida xamkasblarining aloxida betakror xurmatiga sazovor bo`lgan ajoyib tibbiyot xodimi edi", - deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun:

Patidinov Baxtiyorjon Ibragimovich 20.06.1957 yilda Andijon viloyati Andijon tumanida tavallud topgan,  

1985-1986 yy. - Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi terapiya bo`limi vrach-interna

1986-1988 yy. - Andijon tuman Nayman kishlok uchastka kasalxonasi uchastka vrach-terapevt

1988-1993 yy. - Andijon tuman markaziy kasalxonasi Kuygan-yor kishlok vrachlik punkti bosh vrachi

1993-1998 yy. - Andijon tuman Nayman kishlok vrachlik punkti mudiri  

1998-2003 yy. - Andijon tuman markaziy shifoxonasi Nayman pulmonologiya bo`limi mudiri  

2003-2005 yy. - Andijon tuman markaziy shifoxonasi tez yordam bo`limi navbatchi vrachi

2005-2010 yy. - Andijon tuman tibbiyot birlashmasi Yangiobod ichki kasaliklar bo`limi mudiri  

2010-2016 yy. - Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i

2016-2017 yy. - Andijon tuman tibbiyot birlashmasi Yangiobod ichki kasaliklar bo`limi mudiri

2017 -30.07.2020 - Andijon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i.

 

Shuningdek, ma`lum bo`lishicha, keyingi davrlarda Patidinov Baxtiyorjon Ibragimovich yurak xastaligi tufayli doimiy rejali davolanishda bo`lgan, ikki marta yurak xuruji-infarkt o`tkazganligi, bir yil avval yurakda “stentlash-yurakning qon tomirlarini kengaytirish” operasiyalarini o`tkazganligiga qaramasdan xayotining so`nggi kunlarigacha xalq salomatligini saqlash va avaylab-asrash ishlarida faol mehnat qilgan.  

"Patidinov Baxtiyorjon Ibragimovichning turmush o`rtog`i - ayoli shifokor, tuman sog`liqni saqlash tizimi jonkuyari, 3 o`g`li va bir qizi bor, ular turli vazifalarda el xizmatidalar.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri, Andijon viloyat xokimi, Andijon viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i, Andijon tuman xokimi, Andijon viloyat sog`liqni saqlash tizimining barcha tibbiyot xodimlari, Andijon tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, Andijon tuman tibbiyot birlashmasi Yangiobod ichki kasaliklar bo`limi jamoasi marhumning oila a`zolariga ta`ziya izhor etadi", - deya hamdardlik bildirilgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1