AsosiyJamiyat

Namanganda “Matiz” haydovchisi qarshisidan kelayotgan velosipedni urib yubordi. Velosipedchi shifoxonada vafot etdi

'Namanganda “Matiz” haydovchisi qarshisidan kelayotgan velosipedni urib yubordi. Velosipedchi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 30 iyul kuni soat 01:30 larda, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro Xaqqulobod-Uchqo`rg`on yo`lining 2 km.da o`ziga tegishli bo`lmagan “Matiz” rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi orqali boshqarib ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, unga qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq, ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Hozirda holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar