AsosiyJamiyat

4 avgustdan Kitob tumanida buyum bozori, savdo va ovqatlanish ob`ektlari qayta ochiladi

'4 avgustdan Kitob tumanida buyum bozori, savdo va ovqatlanish ob`ektlari qayta ochiladi'ning rasmi

Kitob tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiyasi qaroriga binoan tumanda karantin cheklovlari yumshatiladi.  Bu haqda tuman hokimligi Matubot xizmati xabar bermoqda. 

Ertaga, 4 avgustdan boshlab "Qalandartepa" buyum bozori, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyati tiklanadi.  

Ammo, epidemiyaning qayta tarqalishiga imkon bermaslik uchun sanitariya talablariga qat`iy rioya qilinadi.  

Eslatib o`tamiz, avvalroq, viloyat maxsus komissiyasining 293-sonli yig`ilish bayoni bilan joriy qilingan cheklovlarga 3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga qator vakolatlar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar