AsosiyJamiyat

Farg`onada karantin payti 27 nafar o`qituvchining ish haqlari berilmadi

'Farg`onada karantin payti 27 nafar o`qituvchining ish haqlari berilmadi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining  25.06.2020 yildagi buyruqlari bilan Quva tumani Qishloq xo`jaligi va ijtimoiy iqtisodiyot kollejining 27 nafar o`qituvchilariga 33 mln. 229,8 ming so`mlik ish haqini undirish belgilangan.  Bu haqda bizga MIF Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Garchand, oradan 4-5 oy o`tgan bo`lishiga qaramasdan qarzdor kollej ma`muriyatining hisob raqamida bo`sh pul mablag`lari va balansida ko`chmas mulklari mavjud bo`lmaganligi sababli sud hujjatida ko`rsatilgan ish haqlarini undirish imkoniyati bo`lmagan.

Byuroning Quva tuman bo`limi tomonidan 27 ta ijro hujjati bo`yicha qarzdor Qishloq xo`jaligi va ijtimoiy iqtisodiyot kolleji hamda uning yuqori turuvchi organi mas`ul shaxslari bilan olib borilgan tushuntirishlar natijasida ish haqlarini bir necha oydan buyon ololmasdan kelayotgan o`qituvchilarning 33 mln. 229,8 ming so`m ish haqlari bir necha kunda to`liq undirib berildi.

    Boshqa yangiliklar