1

Rasmiy statistikaga ko`ra, respublikada yana 235 zararlanish holati qayd etildi

Jamiyat 04.08.2020, 00:02
Rasmiy statistikaga ko`ra, respublikada yana 235 zararlanish holati qayd etildi

2020 yil 3 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 301 (+235) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida hamda 11 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 531 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 22 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Farg`ona viloyatida 9 nafar, jami 755 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 17 262 (+755) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 880 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1